Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti rektori murojaatnomasi


MUROJAATNOMA

23.07.2021

urdu.uz,Urganch davlat universiteti professor-o`qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalari koronavirusga qarshi emlanish jarayonlarida faol qatnashmoqdalar,Urganch davlat universiteti rektori  Abdullayev Baxrom Ismoilovich

Yurtimizda salkam to‘rt oydan beri davom etayotgan vaksinatsiya jarayonlari virus ta’sirni kamaytirishda asosiy omil bo‘lib turibdi.
Insoniyat koronavirus kasalligi tufayli qanchadan - qancha yaqin insonlaridan ayrildi, kasallik vaqtida og‘ir asoratlarni boshdan kechirdi. Men o‘zim ham bu kasallikni boshdan kechirdim.  Avvalambor, Ollohning inoyati qolaversa, shifokorlarning sidqidildan qilgan  sa’y-harakatlari hamda davlatimizning g‘amxo‘rligi tufayli shukurki yengil o‘tkazdim. 
Dunyo bo‘ylab COVID-19 ga qarshi eng samarali kurash  - bu ommaviy emlash orqali erishilayotganini kuzatish mumkin. Vaksina - bu virusga qarshi kuchli vosita bo‘lganligi tufayli, biz ham emlash orqali jamiyat oldidagi fuqarolik burchimizni bajaramiz deb hisoblayman.
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida  bugun oʻlkamizda xalq salomatligini saqlash va turli xavf-xatarlardan asrab qolish boʻyicha olib borilayotgan keng miqyosli chora-tadbirlar zamonaviy ilm-fanning, raqamli texnologiyalarning va bir qancha sohalarning rivojlanishiga olib kelmoqda. Shiddat bilan rivojlanayotgan vatanimizda amalga oshirilayotgan tezkor chora-tadbirlar natijasida COVID-19 balosi tez orada bartaraf etilishiga shubha yoʻq, albatta.  Xalqimiz esa oʻz davlatining bu jonkuyarligini toʻligʻicha anglab yetishiga va oʻz navbatida,  bu imkoniyatlardan foydalangan holda bugungi kunda vatan oldidagi oʻz muqaddas burchini ado etishiga hech shubha yoʻq.
Men ham COVID-19 ga qarshi vaksina oldim, o‘zimni juda yaxshi his qilyapman.  Aziz kasbdoshlarim va hurmatli talabalar! Siz ham oʼzingiz va yaqinlaringizni sogʼligiga befarq boʼlmang! Siz, avvalo,  oilangiz, yaqinlaringiz va butun jamiyatga keraksiz. 
Agar Siz vaksina olmagan bo‘lsangiz, fursatni boy bermay, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli mish-mishlarga ishonmasdan vaksina olishingizni tavsiya qilaman. 
Keling, koronavirusdan o‘zimizni va yaqinlarimizni himoya qilish uchun ommaviy emlash jarayonida safimizga qo‘shiling!

 

urdu.uz,MUROJAATNOMA,Yurtimizda salkam to‘rt oydan beri davom etayotgan vaksinatsiya jarayonlari virus ta’sirni kamaytirishda asosiy omil bo‘lib turibdi. Insoniyat koronavirus kasalligi tufayli qanchadan - qancha yaqin insonlaridan ayrildi, kasallik vaqtida og‘ir asoratlarni boshdan kechirdi. Men o‘zim ham bu kasallikni boshdan kechirdim.  ,Urganch davlat universiteti rektori  Abdullayev Baxrom Ismoilovich

Baxrom Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori

 

Ulashish