Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Magistratura mutaxassisligiga kirish imtihonlari start oldi


2021-yilning 10-avgust sanasidan boshlab Urganch davlat universitetida  magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish imtihonlari boshlandi.

Bugun Lingvistika: Ingliz tili, Lingvistika: O`zbek tili, Tarix (yo`nalish va faoliyat turi bo`yicha), Adabiyotshunoslik: o`zbek adabiyoti, Arxeologiya  mutaxassisliklariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Imtihonlar 3 smenada Jismoniy madaniyat fakultetining 1-2 sport zallarida o`tkaziladi va bugunning o‘zida 3 smenada jami 603 nafar  yoshlar imtihon topshirishlari rejalashtirilgan. 

Barcha karantin talablariga to‘liq rioya qilgan holda, jarayonlarning tartibli va adolatli o‘tishi ta’minlanmoqda. 

Imtihonlarni o‘tkazish jarayonini yanada shaffof, ochiq va adolatli o‘tkazish maqsadida internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatish yo‘lga qo‘yildi: http://cam.urdu.uz/

Magistraturaga kirish imtihonlari   10-avgustdan 14-avgustga qadar davom etadi.

urdu.uz, magistratura imtihonlariga start berildi

urdu.uz, magistratura imtihonlariga start berildi

urdu.uz, magistratura imtihonlariga start berildi

 

Ulashish