Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Hashar – elga yarashar!


Hashar  xalqimizning qadimiy va asl qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-saxovat, bunyodkorlik mujassam.
21-avgust — umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni 
Sana munosabati bilan, bugun 21-avgust  kuni erta tongdan  Urganch davlat universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlari  universitet hovlisi, ochiq maydonlar, ariq va ko‘chalarini tozalash, obodonlashtirish ishlariga bel bog‘lashdi. 
Jarayon davomida hududlar begona o‘tlardan tozalandi, daraxtlarning ortiqcha shox-shabbalari kesildi va oqlandi, universitet atroflari  supurilib, suvlar sepildi. O‘quv binolari va talabalar turar joylarining atroflarida  tozalik va ta’mirlash ishlari olib borildi.
"Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida yurtimiz bo`ylab  o‘tkazilayotgan ushbu xayriya hashari vatanimizni  yanada obod etish,  shu bilan birga, xalqimiz ruhiyatini ko‘tarish, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va mustaqilligimizning 30 yillik bayramini munosib kutib olishga xizmat qiladi.

urdu.uz;Hashar – elga yarashar!

urdu.uz;Hashar – elga yarashar!

urdu.uz;Hashar – elga yarashar!

urdu.uz;Hashar – elga yarashar!

urdu.uz;Hashar – elga yarashar!

urdu.uz;Hashar – elga yarashar!

urdu.uz;Hashar – elga yarashar!

urdu.uz;Hashar – elga yarashar!

urdu.uz;Hashar – elga yarashar!

urdu.uz;Hashar – elga yarashar!

Ulashish