Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetining maktab va mahallalar bilan hamkorligi” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi


Bugungi kunda milliy ta`lim-tarbiya tizimini amaldagi holati, uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim egalari, jismoniy va ma`naviy sog`lom insonlar etib tarbiyalash, pedagog xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo`yicha  izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 30-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 86-sonli Bayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Urganch davlat universitetiga 6 ta maktab biriktirilgan bo`lib, hozirda ushbu maktablarda qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun, 2021-yilning 27-avgust sanasida “Urganch davlat universitetining maktab va mahallalar bilan hamkorligi” mavzusida o`tkazilgan matbuot anjumanida aynan ushbu maktablarda olib borilayotgan ishlar, xususan, umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining bilim darajasini aniqlash, ular uchun qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish, ichki attestatsiyadan o‘tkazish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, matematika fanidan iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni iqtidorini rivojlantirib borish orqali o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash kabi masalalar haqida so`z yuritilib, mazkur maktablarga berkitilgan mas`ullar tomonidan batafsil ma`lumot berildi. 
Bu borada anjumanga tashrif buyurgan blogerlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

urdu.uz

urdu.uz

urdu.uz

urdu.uz

Ulashish