Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Abu Rayhon Beruniy merosi va hozirgi zamon” mavzusida ilmiy anjuman bo`lib o`tdi


2021-yil 6-sentabr kuni  Urganch davlat universitetida Xorazm Ma’mun akademiyasi, Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti,  “Beruniy avlodlari” jamoat fondi bilan hamkorlikda buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy tug‘ilgan kunining 1048 yilligiga bag‘ishlab, “Abu Rayhon Beruniy merosi va hozirgi zamon” mavzusida  ilmiy anjuman  bo`lib o`tdi.

Anjumanda  Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari,  Urganch davlat universiteti  professor-o`qituvchilari va talabalari, O`zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi  olimlari, “Beruniy avlodlari” jamoat fondi vakillari va boshqalar ishtirok etdi.

Anjuman ishini  Xorazm Ma’mun akademiyasi  raisi, biologiya fanlari doktori, professor Ikram Abdullayev  hamda Urganch davlat universiteti Yoshlar masalalari, ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori, tarix fanlari doktori Sanjar Davletovlar kirish so`zi bilan ochib berib, bu seminar ishi  talabalarni, yosh tadqiqotchilarni ilmiy yo‘nalishda tarbiyalashda va olim sifatida shakllantirishdagi  amaliy ahamiyati xususida  alohida to`xtaldilar.

Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yilgan hozirgi davrda Uchinchi renessans poydevorini yaratishga bel bog`lagan Yangi O`zbekistonda buyuk  allomalarimizning bebaho merosini chuqur o`rganish va uni keng jamoatchilikka yetkazish masalalari ustuvor masalalardan biriga aylangan. Chunki,  raqobatbardosh kadrlarga extiyoj tobora kuchayib borayotgan hozirgi zamonda ilm fanning o`rni beqiyosdir.

Anjumanda  O`zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Urganch davlat universiteti va respublikamiznining qator oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari  olimlari, yetuk mutaxassislari  ilmiy ma`ruzalar qildilar. 

Anjuman ishi davom etmoqda.

urdu.uz;“ABU RAYHON BERUNIY MEROSI VA HOZIRGI ZAMON”  MAVZUSIDA  ILMIY ANJUMAN  BO`LIB O`TDI.

urdu.uz;“ABU RAYHON BERUNIY MEROSI VA HOZIRGI ZAMON”  MAVZUSIDA  ILMIY ANJUMAN  BO`LIB O`TDI.urdu.uz;“ABU RAYHON BERUNIY MEROSI VA HOZIRGI ZAMON”  MAVZUSIDA  ILMIY ANJUMAN  BO`LIB O`TDI.

urdu.uz;“ABU RAYHON BERUNIY MEROSI VA HOZIRGI ZAMON”  MAVZUSIDA  ILMIY ANJUMAN  BO`LIB O`TDI.urdu.uz;“ABU RAYHON BERUNIY MEROSI VA HOZIRGI ZAMON”  MAVZUSIDA  ILMIY ANJUMAN  BO`LIB O`TDI.

Ulashish