Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Kitobxon talaba” ko`rik-tanlovining ilk soni bo`lib o`tdi


Urganch davlat universitetining ilmga chanqoq talaba-yoshlari o`rtasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbus doirasida Filologiya fakulteti tomonidan muntazam  ravishda o`tkazilib kelinayotgan  “Kitobxon talaba” ko`rik-tanlovining  bugun, 22-sentabr sanasida yangi o`quv yilidagi ilk soni bo`lib o`tdi.

Ko`rik-tanlovda  Filologiya hamda Pedagogika fakultetining kitobsevar yoshlaridan 10 nafari  taniqli o`zbek  yozuvchisi Toxir Malikning “Alvido, bolalik” asari asosida o`zaro badiiy maydonda kuch sinashdilar. 

Kitobxon talabalarimiz tanlov davomida ushbu asar asosida moderator tomonidan tuzilgan savollarga 2 shart mobaynida zukkolik va tezkorlik bilan javob berdilar. 
Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonida ijro etilgan kuy-qo`shiqlar, raqslar  va sahna ko`rinishlari kechaga o`zgacha kayfiyat baxsh etdi.

“Kitobxon talaba” ko`rik-tanlovining  yakunida hakamlar hay`ati a`zosi, dotsent B.Rahimova g`oliblarni e`lon qildi. Unga ko`ra:
1-o'rin  Ganjayeva Ro'za (2-kurs magistranti)
2-o'rin Atabayeva Muhayyo (O`zbek tili ta`lim yo`nalishi 191-guruh)
3-o'rin talabasi Sapayeva Gulnoza  (O`zbek tili ta`lim yo`nalishi 181-guruh)

Shundan so`ng, Filologiya fakulteti dekani D.G`ayipov fakultet professor-o`qituvchilari bilan birgalikda tanlov g`oliblarga diplom va esdalik sovg`alarini tantanali topshirdi. 

urdu.uz;“KITOBXON TALABA” KO`RIK-TANLOVINING ILK SONI BO`LIB O`TDI

urdu.uz;“KITOBXON TALABA” KO`RIK-TANLOVINING ILK SONI BO`LIB O`TDIurdu.uz;“KITOBXON TALABA” KO`RIK-TANLOVINING ILK SONI BO`LIB O`TDIurdu.uz;“KITOBXON TALABA” KO`RIK-TANLOVINING ILK SONI BO`LIB O`TDIurdu.uz;“KITOBXON TALABA” KO`RIK-TANLOVINING ILK SONI BO`LIB O`TDIurdu.uz;“KITOBXON TALABA” KO`RIK-TANLOVINING ILK SONI BO`LIB O`TDIurdu.uz;“KITOBXON TALABA” KO`RIK-TANLOVINING ILK SONI BO`LIB O`TDIurdu.uz;“KITOBXON TALABA” KO`RIK-TANLOVINING ILK SONI BO`LIB O`TDIurdu.uz;“KITOBXON TALABA” KO`RIK-TANLOVINING ILK SONI BO`LIB O`TDI

Ulashish