Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliy ta`limdan keyingi ta`lim tizimi faoliyati samaradorligi monitoring qilindi


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 22-maydagi  304-sonli  hamda 2020-yil  6-noyabrdagi  696-sonli  qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida joriy yilning 23-sentabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligining hududlarni innovatsion rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Yusupov Qudratjon Muxammadqodirovich Urganch davlat universiteti tayanch doktorantlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda shuningdek, UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zafar Shavkatovich Ibragimov, Innovatsion rivojlanish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi xodimi San’atbek Raxmonov, Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Yulduz Djumaniyazovalar ham ishtirok etdilar.

Mazkur uchrashuvda tayanch doktorantlarning ilmiy ishlari monitoringi  natijalari o`rganildi. Qolaversa, ilmiy izlanuvchilarning ilmiy tadqiqot ishlaridan olingan natijalarni ishlab chiqarishga va hudud muammolarini hal qilishga yo‘naltirish, o‘z muddatida himoya qilish bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida fikr yuritildi.  Bundan tashqari, ilmiy laboratoriyalardan unumli foydalanish va maqola chop qilish, ilmiy loyihalar, grantlar hamda ixtirolar bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.

urdu.uz;

urdu.uz, OLIY TA`LIMDAN KEYINGI  TA`LIM TIZIMI  FAOLIYATI SAMARADORLIGI MONITORING QILINDI

urdu.uz, urdu.uz, OLIY TA`LIMDAN KEYINGI  TA`LIM TIZIMI  FAOLIYATI SAMARADORLIGI MONITORING QILINDI

Ulashish