Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ogohlik - davr talabi!


Bugungi dunyo miqyosida yuz berayotgan mafkuraviy xurujlar insoniyat boshiga qanchalik ko’p kulfatlar yog'dirayotgani hech kimga sir emas.  Tobora rivojlanib borayotgan hamda og`irimizni yengil qilayotgan internetsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz.  Internetning insoniyatga keltiradigan foydali tomonlari juda katta. Ammo shunga qaramay, zararli tomonlari ham talaygina.  
2021-yilning 24-sentabrida  Urganch davlat universitetida professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirokida  “Ogohlik-davr talabi” mavzusida o`tkazilgan uchrashuvda aynan shu haqida so`z bordi.

Mazkur tadbirda universitet Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori  S.Davletov,  Tarix fakulteti katta o`qituvchisi PhD  Z.Odilov, Xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Nurullayeva, Pedagogika fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari H.Siddiqovlar so`zga chiqib, bugungi kunda tinchlikni asrash, turli qo’poruvchilik harakatidagi ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishni oldini olish, internetda foydalanish madaniyatini shakllantirish, internet tarmoqlaridan foydalanganda turli xil yot illatlarni, din niqobi ostidagi buzg`unchi g`oyalarni  targ`ib qiladigan saytlarga aldanib, o`z kelajaklarini barbod qilmaslikka chaqirdilar.

Shundan so`ng, “Tazarru” nomli  hujjatli film namoyish etildi.

urdu.uz, OGOHLIK - DAVR TALABI

urdu.uz, OGOHLIK - DAVR TALABI

urdu.uz, OGOHLIK - DAVR TALABI

Ulashish