Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Urganch davlat universitetida ustozlar kuniga bag`ishlangan bayram dasturi bo`lib o`tdi

Joriy yil 29-sentabr kuni  1-oktabr – “O‘qituvchi  va murabbiylar kuni” munosabati bilan Urganch davlat universitetida  professor-o‘qituvchilar uchun konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturini UrDU rektori Baxrom Abdullayev tabrik so‘zi bilan ochib berib, yurtimizda ta’lim sohasiga bo‘lgan e’tibor xususida to‘xtalib, ushbu sharafli kasb egalarining kelgusi ishlarida zafarlar tiladi.

Tadbir avvalida, ta’lim sohasida samarali mehnat qilib, talaba-yoshlarning zamon talablari asosida ilm-hunar egallashi yo'lida, ularni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi fidoiyligi, kelajak avlodga ibrat maktabi bo‘luvchi shijoati uchun  universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilari UrDU rektorining Tashakkurnomasi  hamda  Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shundan so‘ng, badiiy chiqishlarga navbat berilib, talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan turli kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijrosi, ustozlarga bag`ishlov she`rlar namoyish etilib, barchaga bayramona kayfiyat ulashildi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida ustozlar kuniga bag`ishlangan bayram dasturi bo`lib o`tdi

urdu.uz,Urganch davlat universitetida ustozlar kuniga bag`ishlangan bayram dasturi bo`lib o`tdi

Ulashish