Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xorazm viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokidagi saylov jarayonlari targ‘ibotiga bag‘ishlangan forumning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi


Bugun, kunning ikkinchi yarmida    “Talabalar forumi-2021” ning taqdirlash marosimi o`tkazildi.  Taqdirlash marosimida forum doirasida o`tkazilgan barcha loyiha, tanlov va musobaqalarda faol qatnashgan talaba-yoshlar  hamda forum tashkilotchilari UrDU ma`muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

Mazkur forum  viloyatimizdagi talaba-yoshlarni  mamlakatimizda  joriy yilning 24-oktabrida bo`lib o`tadigan muhim  siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasining Prezidentlik saylovi haqidagi bilimlarini mustahkamlash, ularning siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish  hamda saylov jarayonlarida o`z fuqarolik huquqlaridan unumli foydalanishlarini targ`ib etishga xizmat qiladi. 

Ulashish