Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!


2021-yilning 15-oktabr sanasida “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Targ‘ibot poezdi”  a’zolari ishtirokida UrDU Madaniyat saroyida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sanjar Davletov ochib berib, sanoqli kunlardan so‘ng o‘tkaziladigan Prezidentlik saylovi hamda uning muhim ahamiyati to‘g‘risida gapirdi. Tadbir davomida,   “Targ‘ibot poezdi”  a’zolarining ma’ruzalari tinglandi. Ular o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari tizimi, Prezident saylovining o‘ziga xos xususiyatlari, saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati haqida gapirdilar. Shuningdek,  talabalarning saylovlarda faol ishtirok etishlari, ularning ovozi muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida ta’kidlab o‘tishdi.
Shundan so‘ng,   targ‘ibot guruhi a’zolariga universitet rektorining Tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir yakunida iqtidorli talabalar ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.

urdu.uz;SAYLOV – 2021: KELAJAGING UChUN OVOZ BER!

urdu.uz;SAYLOV – 2021: KELAJAGING UChUN OVOZ BER!

urdu.uz;SAYLOV – 2021: KELAJAGING UChUN OVOZ BER!

 

urdu.uz;SAYLOV – 2021: KELAJAGING UChUN OVOZ BER!

Ulashish