Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovi Muhammad Rahimxon Feruz ijodiga bag‘ishlandi


Buyuk shoh va shoir, bastakor, olim, davlat va huquq ilmi zamonasining mashhur mudarrisi, 1864–1910-yillardagi Xiva xoni, o‘zining sermazmun ijodi bilan adabiyotimiz xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ siymo Muhammad Rahimxon Feruz ijodiga bag‘ishlab,  2021-yilning 28-oktabr sanasida   “She’riyat shohsupasi”  ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.  Unda Filologiya va Pedagogika fakultetining  ilg‘or, iste’dodli va adabiyotning chin muhlislari she’riyat maydonida bahsga kirishdilar.
Tadbirni O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova  ochib berdi. 
Tadbir davomida talabalar tomonidan ijro etilgan Feruz ijodiga mansub g‘azal va ruboiylar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar qalbidan chuqur joy egalladi. Tadbirni har bir ishtirokchisi Feruz ijodini chuqur his qilib, ushbu chiqishlar ularni  she’riyat madhi yo‘lida yanada birlashishlariga xizmat qildi.
Ko‘rik-tanlovda Filologiya hamda Pedagogika fakultetlaridan jami 5 nafar ishtirokchilar barcha shartlarda faol qatnashib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholab borildi. 
Tadbir so‘nggida tanlov g‘oliblari hamda kechaning  faol talabalariga Filologiya fakulteti dekani D.G‘ayipov tomonida Faxriy yorliqlar topshirildi.
Adabiy-badiiy kecha juda ko‘tarinki ruhda, jo‘shqin kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. 

urdu.uz, “She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovi Muhammad Rahimxon Feruz ijodiga bag‘ishlandi

urdu.uz, “She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovi Muhammad Rahimxon Feruz ijodiga bag‘ishlandi

urdu.uz, “She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovi Muhammad Rahimxon Feruz ijodiga bag‘ishlandi

urdu.uz, “She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovi Muhammad Rahimxon Feruz ijodiga bag‘ishlandi

Ulashish