Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ta’lim samaradorligi to‘garaklar bilan


Darsdan tashqari ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi talaba-yoshlarni iloji boricha ko‘proq to‘garak ishlariga jalb etib, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,  dunyoqarashini har tamonlama rivojlantirish, dunyoviy bilimlarini hamda badiiy didini, tabiatga, ona Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini oshirishdir. Mazkur maqsadni amalga oshirishda  bugungi kunda Urganch davlat universitetida yuzdan ortiq  darsdan tashqari to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bugun, 2021-yil  29-oktabr kuni  Tarix fakultetining  “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Yosh faylasuflar” to'garagining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Unda "Inson manfaatlarning falsafiy tahlili" mavzusi muhokama qilindi.  Fakultetning 1-2-kurs talabalari ishtirokidagi ushbu to‘garak yig‘ilishida  f.f.d., professor Maqsuda Xajiyeva boshchiligida kafedraning bir guruh professor-o‘qituvchilari mavzuga oid ma’lumotlari bilan ma’ruza qildilar.

urdu.uz, Ta’lim samaradorligi to‘garaklar bilan

urdu.uz, Ta’lim samaradorligi to‘garaklar bilan

urdu.uz, Ta’lim samaradorligi to‘garaklar bilan

urdu.uz, Ta’lim samaradorligi to‘garaklar bilan

Ulashish