Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

2021-yilning 29-oktabr sanasida Urganch davlat universitetida tyuterlik faoliyatini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi. 
Seminar-treningda  UrDU  Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar  bo‘yicha prorektori  S.Davletov, DBA Urganch filiali dotsenti  Sh.Ismailova, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat”tizimini boshqarishi boʻlimi boshligʻi H.Shihova, “Psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi M.Jumaniyozova hamda tyutorlar ishtirok etdilar.
Tadbirni UrDU  Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar  bo‘yicha prorektori  S.Davletov ochib berib, ta’lim va tarbiya jarayoni uyg‘unligini samarali tashkil etish, ta’lim muassasasi va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, dars jarayonlarini o‘zlashtirishlarini nazoratga olish, talabalarga ijtimoiy-ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatgan holda o‘zini yanada yaxshiroq anglashlarida yelkadosh bo‘lish kabi dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruza qildi.
Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar  tyuterlik faoliyatini tashkil etish va yoshlar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda bugungi kunda turgan muhim vazifalar xususida ma’ruza qildilar. 
Seminar-trening ochiq muloqot  tarzida o‘tib, tyuterlar tomonidan fikr-mulohazalar hamda takliflar berildi. Shuningdek, ularning savollariga atroflicha javoblar berildi. 

urdu.uz, Tyuterlik faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

Ulashish