Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yangi zamonaviy tipdagi 500 o'rinli talabalar turar joyi qurilishiga tamal toshi qo'yildi


18-iyul kuni Urganch davlat universitetiga O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich tashrif buyurdi va Urganch davlat universitetining yangi yotoqxonasining qurilishini boshlab berdi. Ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimining o’rinbosari Salayev San’at Komilovich so’zga chiqib yangi inshoatning qurilishida barcha rahbariyat vakillari va ishchi-xodimlariga kuch-quvvat, omad va muvaffaqiyat tiladi. Ushbu ochilish marosimida Urganch davlar universiteti rektori Abdullayev Bahrom Ismoilovich, Urganch davlat universiteti prorektorlari: S. Xo’janiyozov, Z. Ibragimov, S. Davletov, A. Atajanov, G’. O’razboyev  va professor o’qituvchilar ishtirok etdilar. Urganch davlat universitetining yangi yotoqxonasi 500 o’ringa mo’ljallangan zamonaviy loyiha asosida quriladi va 2020-yilning mart oyi oxirida foydalanishga topshirilishi nazarda tutilgan. Yotoqxonaning qurilish ishlari jarayoniga zarur bo’lgan barcha texnika va transport vositalari mavjud. Shu bilan birga, yangi inshoat qurilishi jarayonida Urganch davlat universitetining “Ko’ngilli yoshlar mehnat otryadi” a’zolari ham qurilishning dastlabki ishlarida faol ishtirok etishdi. Shuni qayd etish lozimki, yangi yotoqxona Urganch davlat universitetining o’z byudjeti asosida qurilishi belgilangan va bu muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning “Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarorining ijrosini amalda qo’llanilayotganligini anglatadi.

Ulashish