Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

“Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining navbatdagi soni P.Qodirov hamda M.Lermontov ijodiga bagʻishlandi

Urganch davlat universitetining ilmga chanqoq talaba-yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbus doirasida Filologiya fakulteti tomonidan muntazam  ravishda o‘tkazilib kelinayotgan  “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining  2021-yil  10-noyabr sanasida navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlovda  Filologiya  fakultetining kitobsevar  talaba-yoshlari taniqli o‘zbek  yozuvchisi Primqul Qodirovning  “Ona lochin vidosi”  hamda rus adibi  Mixail Lermontovning  "Zamonamiz qahramoni" asarlari  asosida o‘zaro badiiy maydonda kuch sinashdilar. 
Kitobxon talabalarimiz tanlov davomida ushbu asarlar asosida moderator tomonidan tuzilgan savollarga 2 shart mobaynida zukkolik va tezkorlik bilan javob berdilar. 
Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar  va sahna ko‘rinishlari kechaga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi. Tadbir davomida namoyish etilgan badiiy chiqishlar 193-oʻzbek tili guruhi talabalari tomonidan ijro etildi.
Tanlov yakunida gʻoliblar  Filologiya fakulteti dekani D.G‘ayipov tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

urdu.uz, “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining  navbatdagi soni  P.Qodirov hamda M.Lermontov ijodiga bagʻishlandi

urdu.uz;“Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining  navbatdagi soni  P.Qodirov hamda M.Lermontov ijodiga bagʻishlandi

Ulashish