Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Prokuror va yoshlar uchrashuvi


2021-yil 15-noyabr sanasida Urganch davlat universitetida “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.  Xorazm viloyati prokurori o`rinbosari G`ayrat Abdullayev mazkur uchrashuv mehmoni bo`ldi. 
Ochiq muloqotni UrDU Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori Sanjar Davletov kirish so`zi bilan ochib berib, prokuratura organlarining yoshlar bilan oʻtkazib kelayotgan tadbirlari, shuningdek, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda samarali taʼminlash, ularni vatanga sadoqat, konstitutsiya va qonunlarga hurmat, hayotga qatʼiy ishonch ruhida tarbiyalash, huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ular oʻrtasida huquqbuzarliklarni oldini olish va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotganligi haqida to`xtalib o`tdi.
Shundan so`ng,  Xorazm viloyati prokurori o`rinbosari G`ayrat Abdullayev so`zga chiqib, prokuratura organlarining shakllanish tarixi, bugungi kunda sud-huquq tizimidagi islohotlar, O`zbekiston Respublikasi Prokratura tizimi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari hamda  tamoyillari, mamlakatda jinoyatchilikka qarshi kurash kabi masalalar haqida taqdimot orqali atroflicha ma`lumot berdi.
Ochiq muloqotda talabalar o`zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar.
Uchrashuv yakunida prokuratura organlari faoliyatiga oid videofilm namoyish etildi.

urdu.uz;PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

urdu.uz;PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVIurdu.uz;PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVIurdu.uz;PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVIurdu.uz;PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

 

Ulashish