Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi


Ayni kunlarda, o‘zbek xalqining davlat timsoli bo‘lmish bayrog‘imizning 30 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlamoqdamiz.  1991-yil 18-noyabr mamlakatimiz milliy ramzlaridan biri Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sifatida tarixda muhrlanib qoldi.

Ushbu sana munosabati bilan 2021-yil 17-noyabr kuni Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi xodimlari hamda Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni Xorijiy filologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari S.Matkarimov kirish soʻzi bilan ochib berib, moderatorlik qildi.

Uchrashuv mehmonlari, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Yuridik kollej direktori T.Eshmetov “Bayroq toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishi”, viloyat  Adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi O.Jumaniyozov   “Vatan bayrogʻi – millat faxri” mavzularida maʼruza qildilar.

Tadbirda soʻz olganlar or-nomusimiz, g‘ururimiz, millatimiz faxri bo‘lmish bayrog‘imiz  30 yildirki O‘zbekistonni butun dunyo maydonlarida, jahon arenalarida  kuch-qudratini namoyon etib hilpirayotgani,  bayrog‘imiz chinakam ma‘noda, xalqimizning asriy madaniyati, urf-odatlari va pok islom dinining umuminsoniy g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirgan qudrat ramzi ekanligi, shuningdek, bayroq toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishi va uning mazmun-mohiyati hamda moddalarining izohi,  bayroqning uzoq tarixdagi o‘rni xususida talabalarga atroflicha maʼlumot berdilar.
Uchrashuv davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga maʼruzachilar tomonidan tegishli javoblar oldilar.

urdu.uz;Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi

urdu.uz;Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi

urdu.uz;Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi

Ulashish