Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya davlat universitetida boʻldi


2021-yil 18-noyabr kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom  Abdullayev Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori G‘ayrat O‘razboyev hamrohligida Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Ularni Udmurtiya davlat universiteti rektori Galina Vitalyevna Merzlyakova, O‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor Mixail Mixaylovich Kibardin hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mariya Ivanovna Beznosova kutib oldi.

G.V. Merzlyakova: “Universitetimizga kelganingizdan va siz bilan shaxsan tanishish imkoniga ega bo‘lganimizdan xursandmiz. Bizning hamkasblarimiz allaqachon universitetingizda bo'lgan va bugun biz sizni universitetimizda kutib olishdan katta mamnunmiz. Umid qilamizki, biz sizlar uchun tayyorlagan dastur nafaqat Udmurtiya davlat universiteti, balki shahar va Respublika bilan yaqindan tanishishingizga imkon beradi”.

O‘zbekiston delegatsiyasi uchun tayyorlangan dastur chindan ham shiddatli bo‘ldi. Birinchi kuni rektor Baxrom  Abdullayev hamda prorektor G‘ayrat O‘razboyevlar Uzluksiz kasbiy ta’lim instituti, Tabiiy fanlar instituti, Udmurt filologiyasi, Fin-ugorshunoslik va jurnalistika instituti, shuningdek, Til va adabiyot institutida bo‘ldilar. Ular uchun Udmurtiya davlat universiteti o‘quv-ilmiy kutubxonasi va tarix muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.
Tashrif davomida  auditoriyalar va DNK laboratoriyalarida bo‘ldilar, zamonaviy jihozlar bilan tanishib, DNK o‘qituvchilari bilan suhbatlashdilar. “Raqamli tizimlarni boshqarish” dasturi bo‘yicha 8-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan dars jarayonlarida qatnashdilar. Kovorking maydonida qo'shma ta'limni tashkil etish haqida ko'p ma'lumotlar olishdi. Shuningdek, rektor Baxrom Abdullayev Umumrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasining yalpi majlisida ham ishtirok etib, ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan so‘zga chiqdi.

* Eslatib oʻtamiz, 2020-yilda Urganch davlat universiteti va Udmurt davlat universiteti oʻrtasida fan va taʼlim sohasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.  


urdu.uz;URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI BAXROM ABDULLAYEV ROSSIYA FEDERATSIYASINING UDMURTIYA DAVLAT UNIVERSITETIDA BOʻLDI

urdu.uz;URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI BAXROM ABDULLAYEV ROSSIYA FEDERATSIYASINING UDMURTIYA DAVLAT UNIVERSITETIDA BOʻLDIurdu.uz;URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI BAXROM ABDULLAYEV ROSSIYA FEDERATSIYASINING UDMURTIYA DAVLAT UNIVERSITETIDA BOʻLDIurdu.uz;URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI BAXROM ABDULLAYEV ROSSIYA FEDERATSIYASINING UDMURTIYA DAVLAT UNIVERSITETIDA BOʻLDI

Ulashish