Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Belarus milliy texnika universiteti rektorining maslahatchisi Andrey Ponasenko Urganch davlat universitetida boʻldi

2021-yilning 22-noyabr kuni Belarus Milliy Texnika universiteti rektorining maslahatchisi Andrey Ponasenko Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonni UrDU rektori Baxrom Abdullayev hamda universitet prorektorlari kutib oldilar. Rektor Baxrom Abdullayev bilan kechgan muzokaralarda Belarus Milliy Texnika universiteti va Urganch davlat universiteti uchun o'zaro manfaatli, muvaffaqiyatli va samarali, rivojlanish uchun mustahkam poydevor bo'ladigan ta’lim, ilm-fan sohalarida hamkorlikni va innovatsion faoliyatni yoʻlga qoʻyish borasida kelishib oldilar.

Andrey Ponasenko tashrif davomida UrDU fakultet dekanlari bilan ham uchrashib, Belarus Milliy Texnika universitetining  bugungi kundagi imkoniyatlari shuningdek, yozgi maktab, aspirantura va magistratura bosqichlari hamda  kafedralari faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.

urdu.uz;Belarus milliy texnika universiteti rektorining maslahatchisi Andrey Ponasenko Urganch davlat universitetida boʻldi

Ulashish