Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Kitob - qalblarni boyituvchi xazina, kamolot cho'qqisi va ma'naviy komillikka yetaklovchi hamrohdir


Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir”.

Bugun, 24-noyabr sanasida UrDU Axborot-resurs markazining Ilmiy uslubiyat bo`limi xodimlari tomonidan  “Kitob - qalblarni boyituvchi xazina, kamolot cho'qqisi va ma'naviy komillikka yetaklovchi hamrohdir”  nomli xayriya tadbiri o`tkazildi.

Ushbu xayriya  tadbiriga SOS O`zbekiston Bolalar mahallasining Xorazm viloyati filiali tarbiyalanuvchilari tashrif buyurib, tarbiyachi Feruza Bobojonova boshchiligida bir guruh bolalar tadbir mehmoni bo`ldilar.

ARM xodimlari,  universitet professor -o`qituvchilari  hamda talabalar ishtirokidagi mazkur tadbirda  so`z olganlar kitobning shaxs  kamolotidagi o`rni,  insonlar  bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta, baxtli bo‘lishining muhim omili –kitobga do‘st bo‘lish va kitob o‘qishni kanda qilmaslik, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni,  yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undashi haqida gapirdilar.

Shuningdek, tadbir davomida badiiy chiqishlar namoyish etilib, kechaga bayromona kayfiyat ulashildi.

Tadbir yakunida Bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilariga  ARM xodimlari tomonidan esdalik sovg`alar taqdim etildi.

urdu.uz;Kitob - qalblarni boyituvchi xazina, kamolot cho'qqisi va ma'naviy komillikka yetaklovchi hamrohdir

urdu.uz;Kitob - qalblarni boyituvchi xazina, kamolot cho'qqisi va ma'naviy komillikka yetaklovchi hamrohdir

urdu.uz;Kitob - qalblarni boyituvchi xazina, kamolot cho'qqisi va ma'naviy komillikka yetaklovchi hamrohdir

Ulashish