Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri oʻrinbosari Hakimov Raximjon Rasuljonovich Kimyoviy texnologiyalar fakultetida boʻldi


2021-yil 2-dekabr sanasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari  Raximjon Hakimov  Urganch davlat universitetining Kimyoviy texnologiyalar fakultetida boʻldi.
✔️Vazir oʻrinbosari R.Hakimovni   Kimyoviy texnologiyalar fakultetida yaratilgan  shart-sharoitlar bilan UrDU rektori B. Abdullayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor  Z.Ibragimov hamda fakultet dekani  Sh.Kuramboyevlar  yaqindan tanishtirdi.
✔️Vazir oʻrinbosari  tashrif davomida Kimyoviy texnologiyalar fakultetining professor-oʻqituvchilari, doktorantlar va magistrlarining ilmiy-innovatsion ishlanmalari koʻrgazmasida qatnashdi.  Unda professor-oʻqituvchilarning  o‘quv, ilmiy tadqiqot faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan masalalar keng tarzda muhokama qilindi.
✔️Shuningdek, Jahon banki tomonidan olingan zamonaviy laboratoriya uskunalari va jihozlaridan taʼlim jarayonida foydalanayotganliklari bilan yaqindan tanishdi. 
✔️R.Xakimov dars jarayonlarini ham ko‘zdan kechirib, mazkur ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, shu bilan birga, yosh olimlar bilan yaqindan muloqot qildi.
urdu.uz, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri oʻrinbosari Hakimov Raximjon Rasuljonovich kimyoviy texnologiyalar fakultetida boʻldi
urdu.uz, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri oʻrinbosari Hakimov Raximjon Rasuljonovich kimyoviy texnologiyalar fakultetida boʻldi
urdu.uz, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri oʻrinbosari Hakimov Raximjon Rasuljonovich kimyoviy texnologiyalar fakultetida boʻldi

Ulashish