Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rag'bat va e'tirof


Xalqaro kuzatuvchilar missiyalari tomonidan  2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlariga yuksak baho berildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi milliy qonunchilik va saylov huquqlarining xalqaro standartlari doirasida, demokratik normalarga rioya qilingan holda o‘tkazilganligi qayd etib o‘tildi.
Taʼkidlash joizki, saylovoldi oʻquvlarning tashkil etilganligi  saylovlarning yuqori saviyada o‘tishida alohida ahamiyat kasb etdi.  
Malakali trenerlar yurtimizning barcha hududlarida milliy saylov qonunchiligini targ‘ib qilish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkil etishga bag‘ishlangan seminar-treninglarini olib borish hamda saylovni uyushqoqlik bilan o‘tkazishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
Shularni inobatga olgan holda, Markaziy saylov komissiyasi  tomonidan O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda faol ishtirok etgan va o‘ziga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondoshib, vijdonan bajargan hududiy trenerlar – oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarini saylov jarayonidagi mehnatini alohida e’tirof etib, ularni rag‘batlantirishni maqsad qilgan.
Mana shunday eʼtirof va ragʻbat  bugun, 2021-yil 2-dekabr sanasida Xorazm viloyatidagi fidoiy va jonkuyar  trenerlarga ham nasib qildi. 
Urganch davlat universitetida  Markaziy saylov komissiyasi vakili Xolmuhammad Polvonniyozov hamda  12-Xorazm okrugi raisi, UrDU rektori Baxrom Abdullayevlar   saylovini o‘tkazishda faol ishtirok etgan  viloyat  trenerlari,  jumladan,  Urganch davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiallarining 15 nafar  professor-o‘qituvchilariga Markaziy saylov komissiyasining Faxriy yorligʻi hamda viloyat hokimining qimmatbaho esdalik sovgʻalarini topshirdilar.
Xuddi shu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda.
urdu.uz, RAG‘BAT VA E’TIROF
 
urdu.uz, RAG‘BAT VA E’TIROF
urdu.uz, RAG‘BAT VA E’TIROF

Ulashish