Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Telegram ijtimoiy tarmogʻining XORAZMBUGUN24 kanalidagi " Urganch Davlat universitetida ayrim o‘quvchilar 12 mln kontrak to‘laydiyu ammo sharoit ham shunga yarashami?" sarlavhasi ostidagi postga


urdu.uz, Rasmiy munosabat
     RASMIY MUNOSABAT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi "2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida"gi PQ-5157-sonli qaroriga asosan, Urganch davlat universitetida 2021/2022 o‘quv yilida qabul  ko‘rsatkich 4,2%ga oshirildi.  Shu munosabat bilan Xorijiy filologiya fakultetida ham talabalar sonining  nisbatan oshganligi barchamizga ma’lum. Bosh binoda oʻquv auditoriyalari yetishmaganligi uchun fakultet talabalarining bir qismi Urganch qurilish kolleji binosining  o‘quv auditoriyalari vaqtincha ijaraga olinib,  dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Xorijiy filologiya fakulteti talabalariga ajratilgan auditoriyalar  dars mashg‘ulotlari olib borish uchun barcha talablarga javob beradi.
XORAZMBUGUN24 telegram kanalining 2021-yil 4-dekabrdagi “Urganch Davlat universitetida ayrim o‘quvchilar 12 million kontrakt to‘laydiyu ammo sharoitlar ham shunga yarashami?” sarlavhasi ostida berilgan ma’lumotlar asossiz ekanligini bildiramiz. Bu postdagi berilgan suratlar kollejning inventarlar saqlanadigan xonalari bo‘lib, fakultet talabalari o‘qiydigan auditoriyalarga hech qanday aloqasi yo‘q.  
Oʻquv auditoriyalarining yetishmovchiligini bartaraf etish maqsadida universitetning Urganch shahar Hamid Olimjon ko‘chasida joylashgan hududida 7 ta qavatli 2000 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi qurish ishlari boshlanganini maʼlum qilamiz. Yangi o‘quv binosini qurib foydalanishga topshirish 2022-2023 o‘quv yiliga mo‘ljallangan.
UrDU Matbuot xizmati
 

Ulashish