Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Tyutorlar uchun doimiy seminar ishining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi


✔️2021-yil 4-dekabr  sanasida UrDU Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Sanjar Davletov    shanba kungi seminar ishi doirasida   barcha fakultet dekan o'rinbosarlari va  tyutorlari bilan uchrashuv tashkil qildi.

✔️Unda  Yoshlash bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, psixologlar,  barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

✔️Seminar ishida  prorektor Sanjar Davletov  mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar, talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni targ'ib qilish,   5 tashabbus doirasida to'garaklar faoliyatini kuchaytirish, talabalar turar joyida hamda ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoiti o'rganish, tyutorlarning vazifalari borasida fikr-mulohazalarini bildirdi. 

✔️Seminarda talabalarning taʼlimdagi tarbiyasi, ular bilan muloqotga kirishish, ruhiy holatlarini o'rganish, talaba qizlarni odob-axloqlariga alohida ahamiyat berish, ular bilan individual ishlash borasida “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o'qituvchisi U.Latipova  tomonidan tavsiya va takliflar berildi. 

✔️Dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar o'z faoliyatlari davomida uchrayotgan turli xil vaziyatlar yuzasidan savollar bilan murojaat qilib,  zarur koʻnikmalarga ega boʻldilar.

urdu.uz,Dekan o'rinbosarlari va tyutorlar uchun seminar-trening bo'lib o'tdi

urdu.uz,Dekan o'rinbosarlari va tyutorlar uchun seminar-trening bo'lib o'tdi

urdu.uz,Dekan o'rinbosarlari va tyutorlar uchun seminar-trening bo'lib o'tdi

Ulashish