Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Fizika-matematika fakultetining 1-kurs talabalari bilan uchrashdi


2021-yil   6-dekabr kuni UrDU rektori Baxrom Abdullayev   Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Sanjar Davletov hamrohligida Fizika-matematika fakultetining 1-kurs talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Rektor B.Abdullayev  o'z chiqishida universitetning o'tgan davr mobaynida erishgan yutuqlari, xalqaro aloqalari, rivojlanish istiqbollari, kelgusidagi rejalar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, moddiy-texnik baza imkoniyatlari, ta'lim-tarbiya usullari yuzasidan yangi g'oyalar va tashabbuslar haqida gapirib, talaba-yoshlarni mazkur imkoniyatlardan unumli foydalanib, chuqur bilim olishga chaqirdi.

Muloqot davomida UrDU Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori S.Davletov mamlakatimizda olib borilayotgan  yoshlar siyosati va unda yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, iste`dodlarini qo`llab-quvvatlash masalalari,  hozirgi davrda ta’lim-tarbiya  jarayoniga qo`yilayotgan zamonaviy talablar haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuvda talabalar rahbariyatga savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar oldilar. 
Shuningdek, uchrashuv davomida talabalarning muammolariga quloq tutilib,  taklif va tashabbuslari eshitildi. 

urdu.uz;Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Fizika-matematika fakultetining 1-kurs talabalari bilan uchrashdi

urdu.uz;Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Fizika-matematika fakultetining 1-kurs talabalari bilan uchrashdi

urdu.uz;Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Fizika-matematika fakultetining 1-kurs talabalari bilan uchrashdi

Ulashish