Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi


urdu.uz;“KITOBXON TALABA” KO‘RIK-TANLOVINING FINAL BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

urdu.uz;“KITOBXON TALABA” KO‘RIK-TANLOVINING FINAL BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

urdu.uz;“KITOBXON TALABA” KO‘RIK-TANLOVINING FINAL BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

urdu.uz;“KITOBXON TALABA” KO‘RIK-TANLOVINING FINAL BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

Urganch davlat universitetining ilmga chanqoq talaba-yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbus doirasida Filologiya fakulteti tomonidan muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining 2021-yil  21-dekabr  sanasida Final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

    Ko‘rik-tanlovda Filologiya fakultetining kitobsevar talaba-yoshlari  O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”,  Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun”,  Oybekning  “Navoiy” romani, Ulug‘bek Hamdamning  “Muvozanat”,   O‘lmas Umarbekovning  “Odam bo‘lish qiyin”,  Pirimqul Qodirov “Ona lochin vidosi” romanlari va Tohir Malikning  “Alvido, bolalik” qissasi asosida o‘zaro badiiy maydonda kuch sinashdilar.

    Kitobxon talabalarimiz tanlov davomida ushbu asarlar asosida moderator tomonidan tuzilgan savollarga 2 shart mobaynida zukkolik va tezkorlik bilan javob berdilar.

    Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari kechaga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi. Tadbir davomida namoyish etilgan badiiy chiqishlar 198-oʻzbek tili guruhi talabalari tomonidan ijro etildi.

    Yakuniy natijalarga koʻra:

    1-o'rin:  Safoyeva Gulnoza

    2-o'rin:  Masharipova Sanamjon  

    3-o'rin:  Jumaniyazova Munis

    Tanlov yakunida gʻoliblarga  Filologiya fakulteti dekani D.G‘ayipov tomonidan Diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.


UrDU Matbuot xizmati

Ulashish