Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Hozirda chet elda magistratura va doktoranturada tahsil olayotgan UrDUning sobiq talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi


«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021»  doirasida 2021-yil 23-dekabr sanasida Urganch davlat universitetida tahsil olib, hozirda chet elning nufuzli oliygohlarida tahsilini davom ettirayotgan yoshlar va universitet talabalarining onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 

UrDU prorektori S.Davletov moderatorligida oʻtkazilgan ushbu uchrashuvda Kimyoviy texnologiyalar fakultetini tamomlab, hozirda Janubiy Korea davlatida tahsil olayotgan doktorantlar B.Allaberganov va N.Matyoqubovlar, Xorijiy filologiya  fakultetini tamomlab, hozirda Polshada tahsil olayotgan Sh.Jumaniyozova, Fizika-matematika fakultetini tamomlab, hozirda Slovakiyada oʻqiyotgan A.Babajanov, Jismoniy madaniyat fakultetini tugatib, hozirda Portugaliyada tahsilini davom ettirayotgan O.Saidmamatov, Germaniyada oʻqiyotgan U.Ibragimov, Janubiy Koreada oʻqiyotgan Y.Sobirov   hamda Vengriyada tahsilini davom ettirayotgan S.Allayorovlar  ZOOM dasturi orqali ishtirok etib, hozir oʻzilarini oʻqish va izlanishlari, buning uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirib,  kelajak rejalarini  oʻrtoqlashdilar. 

UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar  prorektori S.Davletov  ularga oʻqishlarida yuksak zafarlar tiladi, yurtimizga yetuk mutaxassis boʻlib qaytib, oʻz sohalari rivojiga katta hissa qoʻshadigan kadr boʻlishlariga ishonch bildirdi.

urdu.uz;Hozirda chet elda magistratura va doktoranturada tahsil olayotgan UrDUning sobiq talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi

urdu.uz;Hozirda chet elda magistratura va doktoranturada tahsil olayotgan UrDUning sobiq talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi

urdu.uz;Hozirda chet elda magistratura va doktoranturada tahsil olayotgan UrDUning sobiq talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi

 

Ulashish