Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Sohada yangi islohotlar: "Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident Qaroriga sharh” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi


Xabaringiz bor, kuni kecha Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan oliy taʼlim sohasini yanada isloh qilishga qaratilgan 2 ta muhim hujjat imzolandi. Bular “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hamda  “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlaridir.
Bugun, 2021-yilning 25-dekabr sanasida Urganch davlat universitetida oʻtkazilgan matbuot anjumani aynan ushbu qarorlarning mazmun-mohiyatini universitet talaba-yoshlari hamda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida oʻtkazildi.
Mazkur matbuot anjumani universitet rektori Baxrom Abdullayev ishtirokida oʻtkazilib, unda viloyatdagi OAVlari xodimlari,  jurnalist va blogerlar,   universitet talaba-yoshlari qatnashdilar.
Anjumanda  rektor Baxrom Abdullayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hamda “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorlarining mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumotlar berdi.  
Jumladan, 2022-yil 1-yanvardan boshlab  35 ta yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalariga beriladigan vakolatlar, jumladan,  ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilashi,  talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilashi va uzaytirishi, o‘z mablag‘lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratishi, qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan kuzatuv kengashlarining 10 ta vakolati belgilab berilgani va moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari qator imtiyozlarga egaligi haqida izohlab berdi.
Shuningdek, kelgusida  Urganch davlat universiteti oʻz oldiga qoʻygan maqsad va rejalari, talabalar uchun yaratiladigan qulayliklar haqida ham maʼlumotlar berildi. 
Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar, talabalar bergan savollariga rektor B.Abdullayev tomonidan batafsil javob berildi. 

urdu.uz;“Sohada yangi islohotlar: "Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident Qaroriga sharh” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi

 

urdu.uz;“Sohada yangi islohotlar: "Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident Qaroriga sharh” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi

Ulashish