Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetiga Qalmik davlat universiteti vakillari tashrif buyurdi


2019 yil 14-avgust kuni Urganch davlat universitetiga Rossiya Federatsiyasining Qalmik davlat universiteti xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Ochir-Goryayeva Anjela Andreyevna va Menejment kafedrasi mudiri Boldirova Saglar Borisovna tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Qalmiq davlat universiteti vakillari va Urganch davlat universitetidan xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor G'ayrat O'razboyev, xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Elyorbek Yo'ldashov, “Fakultetlararo chet tili” kafedrasi mudiri Feruza Radjapova, dotsent Otanazar Cho'ponov, shuningdek Qoraqalpoq davlat universitetining ikki nafar professor-o'qituvchilari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda ikki universitet o'rtasida ta'lim va ilmiy sohada hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha mazmunli suhbat bo'lib o'tdi. 

Ulashish