Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti rektorining yangi 2022-yil munosabati bilan bayram tabrigi


Qadrli professor-oʻqituvchilar, aziz talabalar va ishchi-xodimlar!
Avvalo, Siz, azizlarni, Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchangizga eng katta boylik boʻlgan salomatlik va oilaviy baxt tilayman. Yangi yilda xonadoningizdan chek­siz quvonch, fayz-u baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin!

Qadrli hamkasblar!

Poyoniga yetayotgan 2021-yilda jamoamiz hayotida yaxshi kunlar, ta’lim tizimida ulkan yutuqlar ko‘p bo‘ldi, universitetimizning nufuzini oshirish uchun salmoqli ishlar qilindi. Albatta, bular Siz, azizlarning fidokorona mehnatingiz evaziga erishilgan muvaffaqiyatlardir.

Ayniqsa, professor-o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish, yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama yetuk mutaxassislar etib tayyorlash borasida yetakchi bo‘lish har bir pedaogogning maqsad-muddaosiga, hayot mezoniga aylangan. Jamiyatimizda mana shunday fidoiy, jonkuyar insonlar bor ekan, yaxshiliklar ko‘payadi, mehr-oqibat qalblardan-qalblarga ko‘chib o‘taveradi, hayotimiz yanada farovon bo‘laveradi. Shunday ekan, ertangi kunimiz bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda barchamizni vatanparvarlik va fidoiylik fazilatlari tark etmasin!

Hurmatli universitet jamoasi!

Sizlarni barchangizni va oila a’zolaringizni kirib kelayotgan yangi 2022-yil bilan chin qalbdan tabriklab, jamoamizga baxt-saodat, tinchlik va xotirjamlik tilayman, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin, yurtimizning tinchligi, xalqimizning farovonligiga ko‘z tegmasin! Bayram kunlarida qilingan barcha ezgu tilaklar ro‘yobga chiqsin!

Yangi yilingiz muborak boʻlsin!


 

Baxrom Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori, f-m.f.d.

 

Ulashish