Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti rektori Pedagogika fakulteti jamoasi bilan uchrashdi


2022-yil 11-yanvar kuni UrDU rektori Baxrom Abdullayev Pedagogika fakultetining dekani J.Yormetov boshchiligidagi  barcha professor-oʻqituvchilar bilan uchrashdi.

Rektor uchrashuv avvalida  davlatimiz rahbarining oliy taʼlim tizimiga oid 2 ta muhim qarorlarining mazmun-mohiyatiga toʻxtalib, qarorda belgilangan 35 ta OTMlar orasida Urganch davlat universitetining ham borligini mamnuniyat ila eʼtirof etdi.  Shu bilan birga, Prezidentimizning  bu ishonchi oʻz navbatida jamoa zimmasiga katta masʼuliyat yuklashini  chuqur anglashga chaqirdi.  

Shuningdek, hozirda Hemis dasturida ishlash hamda Kredit-modul tizimida dars jarayonlarini tashkil etish boʻyicha pedagog-xodimlar uchun tashkil etilgan oʻquv mashgʻulotlarda faol ishtirok etishlarini, har bir professor-oʻqituvchi bularni mukammal bilishi lozimligini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida Pedagogika  fakultetining har bir kafedrasi ilmiy salohiyati, eski yilda qilingan himoyalar soni  va kafedra aʼzolari tomonidan nashr etilgan  darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya va ilmiy maqolalar  muhokama etilib, ilmiy salohiyatni oshirishda faollikka chaqirdi. 
Barcha pedagog-xodimlar chet tili boʻyicha malakasini oshirishlari lozimligi taʼkidlandi.

Rektor nutqi davomida  “Eng yaxshi tarbiya – namuna boʻlish”, -  deya A.Eynshteyn iborasini keltirar ekan, professor-oʻqituvchilarga dars sifatiga juda qattiq eʼtiborli boʻlishlarini,  har bir pedagog-kadr oʻz ustida muntazam ishlashi lozimligini va  kiyinish madaniyatiga rioya qilish zarurligini uqtirdi.

Uchrashuv yakunida fakultet jamoasi oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Maʼlumot oʼrnida:  Hozirda Pedagogika fakultetida 3 ta kafedra va ularda jami 104 nafar professor-oʼqituvchilar faoliyat yuritmoqda.

urdu.uz;2022-yil 11-yanvar kuni UrDU rektori Baxrom Abdullayev Pedagogika fakultetining dekani J.Yormetov boshchiligidagi  barcha professor-oʻqituvchilar bilan uchrashdi.

urdu.uz;2022-yil 11-yanvar kuni UrDU rektori Baxrom Abdullayev Pedagogika fakultetining dekani J.Yormetov boshchiligidagi  barcha professor-oʻqituvchilar bilan uchrashdi.

urdu.uz;2022-yil 11-yanvar kuni UrDU rektori Baxrom Abdullayev Pedagogika fakultetining dekani J.Yormetov boshchiligidagi  barcha professor-oʻqituvchilar bilan uchrashdi.

Ulashish