Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xorazm viloyati musiqali drama teatri UrDUda


Qishki taʼtil davrida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Urganch davlat universiteti Talabalar turar joyida yashovchi  yoshlarning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish maqsadida universitetda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.  Albatta, universitet rahbariyati bu borada qator hamkor tashkilotlar bilan ish olib bormoqda.

Xususan, 2022-yil 12-yanvar sanasida  Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri aktyorlari Urganch davlat universitetida boʻlib, “Jaloladdin Manguberdi” spektaklini talabalar eʼtiboriga namoyish qildilar. 

Spektaklda buyuk bobokalonimiz, Xorazm farzandi Jaloladdin Manguberdi hayoti tarixiy voqealar asosida sahnalashtirildi. Spektakl talabalarda katta qiziqish va zavq ulashdi. 

Spektakl yakunida talabalarni madaniy dam olishlariga qoʻshgan hissasi uchun universitet rahbariyati va talabalar nomidan  Yoshlar masalalari, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor S.Davletov teatr jamoasiga katta minnatdorchilik bildirdi.

urdu.uz, Xorazm viloyati musiqali drama teatri UrDUda

urdu.uz, Xorazm viloyati musiqali drama teatri UrDUda

urdu.uz, Xorazm viloyati musiqali drama teatri UrDUda

Ulashish