Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti rektori Iqtisodiyot fakulteti jamoasi bilan uchrashdi


2022-yil 27-yanvar kuni UrDU rektori Baxrom Abdullayev Iqtisodiyot  fakulteti dekani  I.Abdullayev  boshchiligidagi fakultetning barcha professor-oʻqituvchilari va doktorantlari bilan uchrashdi.

Rektor uchrashuv avvalida davlatimiz rahbarining oliy taʼlim tizimiga oid 2 ta muhim qarorlarining mazmun-mohiyatiga toʻxtalib, qarorda belgilangan 35 ta OTMlar orasida Urganch davlat universitetining ham borligini mamnuniyat ila eʼtirof etdi. Shu bilan birga, Prezidentimizning bu ishonchi oʻz navbatida jamoa zimmasiga katta masʼuliyat yuklashini chuqur anglashga chaqirdi. 

Shuningdek, hozirda  dars jarayonlari  pandemiya sababli onlayn olib borilayotgani va bu rejim darslarning sifatiga taʼsir qilmasligi lozimligi, darslar oʻz vaqtida sifatli tashkil qilinishi kerakligi, Moodle va Hemis tizimlaridan foydalanishni  talabalarga oʻrgatish va ularni qoʻllab – quvvatlash har bir oʻqituvchini  zimmasidagi vazifasi ekani, imtihonlarni ochiq va shaffof oʻtkazishni taʼminlash joizligini  alohida taʼkidladi.

Uchrashuv davomida Iqtisodiyot  fakultetining har bir kafedrasi ilmiy salohiyati, eski yilda qilingan himoyalar soni va kafedra aʼzolari tomonidan nashr etilgan darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya va ilmiy maqolalar muhokama etilib, ilmiy salohiyatni oshirishda faollikka chaqirdi.

Barcha pedagog-xodimlar chet tili boʻyicha malakasini oshirishlari lozimligi taʼkidlandi.

Rektor nutqi davomida “Eng yaxshi tarbiya – namuna boʻlish”, - deya A.Eynshteyn iborasini keltirar ekan, professor-oʻqituvchilarga dars sifatiga juda qattiq eʼtiborli boʻlishlarini, har bir pedagog-kadr oʻz ustida muntazam ishlashi lozimligini va kiyinish madaniyatiga rioya qilish zarurligini uqtirdi.

Uchrashuv yakunida fakultet jamoasi oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Maʼlumot oʼrnida: Hozirda  Iqtisodiyot  fakultetida  4 ta kafedra va ularda asosiy shtatda jami  57  nafar professor-oʼqituvchilar faoliyat yuritmoqda.

urdu.uz;URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI IQTISODIYOT FAKULTETI JAMOASI BILAN UCHRASHDI

urdu.uz;URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI IQTISODIYOT FAKULTETI JAMOASI BILAN UCHRASHDI

urdu.uz;URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI IQTISODIYOT FAKULTETI JAMOASI BILAN UCHRASHDI

Ulashish