2022-yil 29-yanvar sanasida Urganch davlat universiteti Kengashining 6-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Kengash avvalida rektor Baxrom Abdullayev navbatdagi yutuq egalarini qutlab, diplomlarni oʻz egalariga tantanali topshirdi. Jumladan:
Filologiya fakulteti dekani Gʻayipov Dilshod Qadamboyevichga Fan doktori diplomi hamda “O‘zbekistonda demokratik qurish nazariyasi” kafedrasi mudiri Xajiyeva Maqsuda Sultonovnaga Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra” nominatsiyasi bo‘yicha qoʻlga kiritilgan 1-o‘rin Diplomi topshirildi.
Kengash yig‘ilishining 6-majlisida kun tartibi boʻyicha quyidagi masalalar haqida maʼruza va hisobotlar tinglandi:
✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo davlatlari - Xitoy” hamda “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitlaridagi ishtiroki haqida;
✔️Universitetda 2021-yilda bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy- pedagogik kadrlar tayyorlash masalalari to‘g‘risida;
✔️“Oliy ma'lumotli mutaxassislar sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarorining universitetdagi ijrosi to‘g‘risida;
✔️Urganch davlat universiteti qoshidagi texnikumlarda talabalar qabuli natijalari va o’quv jarayonining tashkil etilganligi toʻg’risida;
✔️Marketing va talabalar amaliyoti bo’limining 2021-yildagi faoliyati to’g’risida;
✔️2021-yilda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” to’g’risidagi qonunning universitetdagi ijrosi toʻg’risida.
Mazkur masalalar boʻyicha Kengash aʼzolarining fikr-mulohazalari tinglandi, takliflari inobatga olindi.

.jpg)

