Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Yoshlar kelajak bunyodkori” mavzusida onlayn tadbir oʻtkazildi


2022-yil 1-fevral kuni Pedagogika fakulteti  talabalari  ishtirokida  “Yoshlar kelajak bunyodkori” mavzusida onlayn tadbir oʻtkazildi.  Tadbirda  Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari X. Siddiqov hamda fakultet tyutori  N.Ramazanova  soʻzga chiqib,  mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi karantin kunlarida ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilayotgani haqida mavzuga oid taqdimot  bilan maʼruza qildilar. 

Shuningdek,  dekan oʻrinbosari X. Siddiqov  mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida soʻz yuritdi. U oʻz nutqida yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada  yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilganligi haqida talabalarga tushuntirishlar  berdi.

urdu.uz, “Yoshlar kelajak bunyodkori” mavzusida onlayn tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, “Yoshlar kelajak bunyodkori” mavzusida onlayn tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, “Yoshlar kelajak bunyodkori” mavzusida onlayn tadbir oʻtkazildi

 

Ulashish