Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Yoshlar orasida giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi


2022-yilning 3-fevral sanasida Urganch davlat universitetida Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda fevral oyi “Yoshlar orasida giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi. 
Tadbirda Ichki ishlar vazirligi xodimlari podpolkovnik A.Matlyubov,  F.Azgarov, U.Ismailov, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakillari  D.Shonazarova, mayor Sh.Ismailov hamda  universitet professor-oʻqituvchilari, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbirni universitetning 300 nafar talabalari uchun onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.

Tadbir avvalida UrDU Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori Sanjar Davletov soʻzga chiqib, mehmonlar bilan tanishtirdi. Shundan soʻng, podpolkovnik F.Azgarov, podpolkovnik D.Shonazarova, OITS markazi xodimi A.Qoʻchqarov, Narkologiya dispanseri shifokori D.Eshchanovlarning maʼruzalari tinglandi.  Ma’ruzachilar giyohvandlik va uning inson organizmiga zarari, giyohvand kim, yoshlarning bu illatga yaqinlashmasligi, huquqbuzarlik nima, bugungi kunda yoshlar tomonidan qanday turdagi jinoyatlar sodir etilmoqda kabi masalalarga toʻxtalib oʻtdilar. 

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida olib borildi, savol-javoblar boʻldi. Oʻzaro fikr-mulohazalar almashinildi. 
Tadbir yakunida mavzuga oid hayotiy-tarbiyaviy film namoyish etildi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Yoshlar orasida giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Yoshlar orasida giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Yoshlar orasida giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi

Ulashish