Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Sud tizimi va korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida sudyalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi


2022-yil   11-fevral kuni Xorijiy filologiya hamda Pedagogika fakultetlarining  talabalari ishtirokida   "Sud tizimi va korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida tadbir oʻtkazildi.  

Urganch tumanlarora iqtisodiy sudining  sudyasi M.Qazaqov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining raisi  Sh.Ismoilov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi B.Rajabov va Sudya Z.Isaqovlar tadbir mehmoni boʻldilar.  Tadbirga Xorijiy filologiya fakulteti dekan o‘rinbosari S.Matkarimov moderatorlik qildi.

Tadbirda mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar, qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar,  yoshlar orasida jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Tadbir talabalar bilan ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalarning savollariga javoblar berildi, taklif va mulohazalari tinglandi.

urdu.uz;“Sud tizimi va korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida sudyalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz;“Sud tizimi va korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida sudyalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz;“Sud tizimi va korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida sudyalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Ulashish