Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Besh tashabbus – besh imkoniyat” mavzusida media-tur oʻtkazildi


2022-yilning 16-fevral kuni universitetda “Besh tashabbus – besh imkoniyat” mavzusida media-tur oʻtkazildi. 
Media-turda  Tarix, Pedagogika, Sanʼatshunoslik va Xorijiy filologiya fakultetlarining talabalaridan iborat bir guruh yoshlar Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusi doirasida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyatini koʻrib,  tanishish  maqsadida  universitetning  5-sonli Talabalar turar joyiga sayohat qildilar. 
Bugungi kunda Urganch davlat universitetida talaba-yoshlarini iqtidorlarini keng namoyon etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, qolaversa, ularni musiqa va sanʼatga, adabiyotga  qiziqishlarini oshirish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusi  hamda universitet talaba-yoshlarining qiziqlaridan kelib chiqqan holda 100 dan ortiq to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bular fan to‘garaklari, ma’naviy-ma’rifiy to‘garaklari, ijodiy hamda sport to‘garaklaridir. Ularning aksariyati 5-sonli Talabalar turar joyidagi  “Student Coworking” markazida joylashgan. 
Hozirda “Student Coworking” o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish markazida quyidagi to‘garaklar faoliyat yuritmoqda:
Zakovat intellktual o‘yinlari to‘garagi
Tikuvchilik to‘garagi
Didaktik ko‘rgazmalar to‘garagi
Start-uplar markazi
Loyihalar fabrikasi
Ingliz tili to‘garagi
Kulolchilik markazi
Ushbu toʻgaraklarning barchasi hozirda oʻzining koʻp sonli iqtidorli va qiziquvchan aʼzolariga ega.  Media-tur davomida Talabalar kengashi raisi S.Allanazarov qatnashchilarga yoʻlboshchilik qildi. Media-tur ishtirokchilari jarayonlarni kuzatar ekan, ushbu toʻgaraklarga aʼzosi boʻlish istagini bildirdilar.

urdu.uz, “Besh tashabbus – besh imkoniyat” mavzusida media-tur oʻtkazildi

urdu.uz, “Besh tashabbus – besh imkoniyat” mavzusida media-tur oʻtkazildi

urdu.uz, “Besh tashabbus – besh imkoniyat” mavzusida media-tur oʻtkazildi

urdu.uz, “Besh tashabbus – besh imkoniyat” mavzusida media-tur oʻtkazildi

urdu.uz, “Besh tashabbus – besh imkoniyat” mavzusida media-tur oʻtkazildi

Ulashish