Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU rektori Baxrom Abdullayev Xiva shahridagi Prezident maktabida boʻldi


2022-yilning 22-fevral kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi Xiva shahar Prezident maktabiga tashrif buyurdi. Rektor B.Abdullayev hamda Fizika-matematika fakulteti dekani J.Xoʻjamov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Sh.Allaberganovlarni maktab maʼmuriyati mamnuniyat ila kutib oldilar.

Tashrif avvalida rektor B.Abdullayev maktab oʻquvchilari bilan uchrashib, suhbatda boʻldi. Xususan, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor, yurtimizda yoshlarni taʼlim olishlari  uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, shu jumladan, bugungi kunda Urganch davlat universitetida talabalarning chuqur bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida atroflicha gapirdi. Universitet haqida maʼlumotlar berdi. Shuningdek, maktab oʻquvchilarining qiziqishlari, sevimli fanlari, kelajak maqsadlari haqida qiziqdi, ularning kelgusidagi rejalarini tingladi. Uchrashuv yakunida esa oʻquvchilarni olgʻa intilishdan toʻxtamaslikka, mana shu sharoitlardan unumli foydalangan holda chuqur bilim olishga chaqirdi.   
Tashrif doirasida Prezident maktabining sharoitlari bilan ham tanishdilar. 

urdu.uz, UrDU rektori Baxrom Abdullayev Xiva shahridagi prezident maktabida boʻldi

urdu.uz, UrDU rektori Baxrom Abdullayev Xiva shahridagi prezident maktabida boʻldi

urdu.uz, URDU REKTORI BAXROM ABDULLAYEV XIVA SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA BOʻLDI

urdu.uz, UrDU rektori Baxrom Abdullayev Xiva shahridagi prezident maktabida boʻldi

Ulashish