Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Urganch davlat universiteti rahbariyati prezident va nomdor davlat stipendiyalar sohiblarini tabrikladi

Ma’lumki, 2021/2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 383 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi. Ularning orasida 13 nafari Urganch davlat universiteti talabalaridir. 

Bugun, 2022-yil 23-fevral kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev hamda universitet prorektorlari mazkur stipendiantlar bilan uchrashuv oʻtkazdilar. 
Taqdirlash marosimida UrDU rahbariyati  ushbu faxrli yutuq bilan barcha stipendiantlarni hamda ta’lim-tarbiya berib, kamol topishiga hissa qo‘shayotgan ustozlarini va talabalarning ota-onalarini qizgʻin tabriklab, kelgusida bundan-da baland marralarga erishishlarida zafarlar tiladilar.  Ilm yoʻlida ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritishdan also charchamay, hamisha tengdoshlariga oʻrnak boʻlishga chaqirdilar. 
Oʻz navbatida talabalar ham tilak-istaklarini bildirib, universitet rahbariyatiga va ustozlariga taʼlim-tarbiya berib, qoʻllab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik izhor etdilar.
Uchrashuv yakunida rektor B.Abdullayev  stipendiantlarga oʻquv, ilmiy  va maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarda faolligi bilan universitet salohiyatiga qoʻshayotgan  hissasi uchun Tashakkurnoma va esdalik sovgʻalarini topshirdi.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti rahbariyati prezident va nomdor davlat stipendiyalar sohiblarini tabrikladi

urdu.uz, URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI RAHBARIYATI PREZIDENT VA NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALAR SOHIBLARINI TABRIKLADI

Ulashish