Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Voleybol Federatsiyasining menedjerlik kurslarida ishtirok etgan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi

Urganch davlat universitetida 2-4 mart kunlari "Sport faoliyati" kafedrasi va O‘zbekiston Voleybol Federasiyasi  hamkorligida  "Zamonaviy voleybolning dolzarb muammolari, musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish masalalari" mavzusida 3 kunlik menedjerlik kurslari oʻtkazildi.  Unda Pokiston, Bangladesh, Maldiv orollari, Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlarining Voleybol  Federatsiyasi kotiblari hamda mutasaddi xodimlari, Oʻzbekiston Voleybol Federasiyasining mutaxassislari hamda UrDU "Sport faoliyati" kafedrasining professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Bugun, 4-mart sanasida menedjerlik kurslarida faol ishtiroki uchun barcha ishtirokchilarga Osiyo Voleybol Federatsiyasining ijrochi direktori janob Shanrit tomonidan sertifikatlar va  oʻzbekistonlik mutaxassislar tomonidan xorijlik mehmonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

urdu.uz, Voleybol Federatsiyasining menedjerlik kurslarida ishtirok etgan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi

Ulashish