Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ayollarimiz uchun bayram dasturxoni tashkil etildi


Bugun, 7-mart sanasi go‘zallik, latofat, mehr-u muhabbat, ishda faollik egasi bo‘lmish Urganch davlat universitetining ayol professor-oʻqituvchilari va xodimlari uchun esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi. Universitetdagi bayram shukuhi to‘kin dasturxon atrofida yanada fayzli va xursandchiliklarga boy davom etdi. Davraning ko‘rki bo‘lgan faxriy ustozlarimiz yuzida tabassum, dilida shukronalik barq urib, shogirdlar qalbini quvonchga to‘ldirdi. Bayram oshi ustida shirin suhbatlar, shirin diydor va musiqiy lahzalar ayollarimizga yanada bayramona kayfiyat bagʻishladi.

Ulashish