Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ayolga baxt bering, saodat bering...


Urganch davlat universitetida bayram shukuhi kunning ikkinchi yarimida ham davom etdi. Universitet madaniyat saroyida bayram munosabati bilan tantanali marosim tashkil etildi. Unda mehnat jamoasida faoliyat olib borayotgan ayol faxriy ustozlar, professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

UrDU rektori Baxrom Abdullayev o‘z tabrik so‘zida jamiyatda xotin-qizlarning roli ancha ortgani, rahbar ayollar soni kundan-kunga ko‘payib borayotgani, jamiyat taraqqiyotiga ham ular tomonidan munosib hissa qo‘shilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi va bayram bilan barcha ayol-qizlarni samimiy muborakbod etdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan bayramona kuy-qoʻshiqlar ijro etildi, badiiy chiqishlar, raqslar va sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir davomida zalga yigʻilgan ayollarimizga rektorning Faxriy yorligʻi va bayram tuhfalari ulashildi.

Ayol e’tibordan yasharadi, mehrdan yashnaydi. Ushbu bayram dasturi barchaning xotira daftarini chiroyli sahifalar bilan bezadi deya ayta olamiz.

 

Ulashish