Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasi oʻtkazilmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022-yil 4-mart sanasida oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbuslar ijrosi yuzasidan  bugun,  2022-yilning 11-mart kuni  Urganch davlat universiteti hamda Xorazm viloyati Bandlik  bosh boshqarmasi hamkorligida  boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasi oʻtkazilmoqda.

Unda viloyatimizning barcha tuman (shahar)laridan  Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, tashkilot va korxonalar oʻzlarining boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashmoqdalar.
Yarmarkani  Xorazm viloyati  hokimining  birinchi oʻrinbosari Qudrat Egamberganov hamda UrDU rektori Baxrom Abdullayevlar ochib berib, yarmarkada qatnashayotgan barcha talaba-yoshlarga mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishishlarini,  shu yerning oʻzida yoʻllanmani qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega ekanliklarini taʼkidlashdi. 
Yarmarka bayramona kayfiyatda oʻtkazilyapti. Unda universitetning iqtidorli talabalari tomonidan kuy-qoʻshiqlar ham ijro etilmoqda.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasi oʻtkazilmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universitetida boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasi oʻtkazilmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universitetida boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasi oʻtkazilmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universitetida boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasi oʻtkazilmoqda

Ulashish