Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"O'zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik yurti" mavzusida talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi


23-sentabr kuni Urganch davlat universitetida "O'zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik yurti" mavzusida talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Xorazm viloyati Islom o'rta maxsus bilim yurti direktori Abduqodirov Davronbek, Koreys madaniyati markazi rahbari Kim Antanina, Xorazm viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Polvonov Sardor va universitetning Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori Sanjar Davletov ishtirok etdilar. Uchrashuvda Kim Antonina so'zga chiqdi va yurtimizda turli xil millat vakillari birgalikda o'zaro totuvlikda hayot kechirayotganliklarini ta'kidlab o'tdi. So'ngra Abduqodirov Davronbek so'zga chiqib, mamlakatimizda diniy bag'rikenglik borasida olib borilgan islohotlar va erishilgan yutuqlar haqida nutq so'zladi. Tadbirda nutq so'zlagan mehmonlar o'zaro totuvlik va uning mohiyatini anglab yetishga alohida urg'u berdilar.

Ulashish