Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Filologiya fakulteti haftaligi doirasida “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining mart oyi soni bo'lib o'tdi


2022-yil 12-mart sanasida Filologiya fakulteti  tomonidan universitetning notiqlik madaniyatini o'zida shakllantira olgan, faol va  tashabbuskor talabalari ishtirokida oʻtkazilib kelinayotgan  “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining mart oyi soni bo‘lib o‘tdi.  Unda Filologiya, Tabiiy fanlar, Xorijiy filologiya hamda Pedagogika fakultetlaridan jami 5 nafar talabalar mahorat maydonida kuch sinashdilar. 
Koʻrik-tanlovni "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi mudiri, dots. A.Primov kirish soʻzi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Mazkur ko‘rik-tanlovda  universitetning bir guruh shijoatli, iqtidorli talaba-yoshlari 2 shart bo'yicha oʻz mahoratlarini namoyish qildilar.
Har bir shart hakamlar hayʻati tomonidan munosib baholanib borildi. Natijalarga koʻra:
1- o'rin: Saʼdullayeva Bonu- Filologiya fakulteti O'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabasi
1- o'rin: Tojiboyeva Sohiba - Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi
2-o'rin: Raximboyeva Mahliyo - Filologiya fakulteti talabasi
3-o'rin: Hayitova Anaxon -  Tabiiy fanlar fakulteti talabasi

Ushbu oʻrinlar sohiblarini hamda  tanlovda faol qatnashgan talabalar  Filologiya fakulteti "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi mudiri, dots. A. Primov hamda fakultetning bir guruh professor-o'qituvchilari tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari  bilan taqdirlandilar.

Ulashish