Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Filologiya fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sovrindori Safarboy Ro‘zimboyev tavalludining 80 yilligiga bagʻishlangan Xotira kechasi hamda ilmiy-nazariy anjuman oʻtkazildi


Xorazm dostonchiligi epik an’analarini tadqiq etishga samarali hissa qo‘shgan serqirra olim, Urganch davlat universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi, filologiya fanlari doktori, professor Safarboy Ro‘zimboyevning 80 yilligi munosabati bilan 2022-yilning 14-mart sanasida xotira kechasi hamda ilmiy-nazariy anjuman oʻtkazildi.

Xotira kechasida Filologiya fakultetining professor-oʻqituvchilari va talabalari, ustozning oila a'zolari, do'stlari va shogirdlari, safdoshlari ishtirok etdilar.
Xotira kechasini UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Zafarbek Ibragimov kirish soʻzi bilan ochib berib, ustozning sermahsul ilmiy merosi haqida toʻxtaldi. 

Anjumanda Xorazm viloyati hokimining til masalalari boʻyicha maslahatchisi R.Xudayberganov,  f.f.d, professor Z.Do‘simov, professor X.Bobojonov, f.f.d, professor J.Eshonqulov, f.f.d, professor Sh.Turdimov, f.f.d, professor K.Allamberganov, f.f.d, professor A.Alniyozov, f.f.d, professor  J.Xo‘shniyozov singari bir guruh adabiyotshunos olimlar soʻzga chiqib, ustozning samarali va sermahsul  ijodiy faoliyati, uning monografiya, qo‘llanma va ilmiy-ommabop kitoblari, xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 300 ga yaqin ilmiy maqolalari Xorazm folklorining turli xil janrlarini chuqur tadqiq qilishga bag‘ishlanganligini alohida qayd etib, olimning ilmiy merosi sohaga oid dolzarb masalalarning ildizini teran tahlil etish, oʻrganishda, yoshlarning bilimini boyitishda gʻoyat katta ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar. 
Soʻzga chiqqanlar tomonidan ustozning ezgu amallari, xayrli ishlari, esda qolarli voqealar xotirlandi. 
Xotira kechasi davomida Safarboy Ro‘zimboyevning hayoti, ijodi va ish faoliyatiga oid videolavhalar namoyish etildi.

urdu.uz, Filologiya fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sovrindori Safarboy Ro‘zimboyev tavalludining 80 yilligiga bagʻishlangan Xotira kechasi hamda ilmiy-nazariy anjuman oʻtkazildi

urdu.uz, Filologiya fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sovrindori Safarboy Ro‘zimboyev tavalludining 80 yilligiga bagʻishlangan Xotira kechasi hamda ilmiy-nazariy anjuman oʻtkazildi

urdu.uz, Filologiya fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sovrindori Safarboy Ro‘zimboyev tavalludining 80 yilligiga bagʻishlangan Xotira kechasi hamda ilmiy-nazariy anjuman oʻtkazildi

Ulashish