Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari qirq to‘rtinchi sessiyasida

Bugun Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdan tashqari qirq to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani viloyat hokimi, xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi Farxod Ermanov boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibiga viloyatda “Xavfsiz va ravon yo‘l” tamoyili asosida avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ta’minlash, viloyat xalq ta’limi tizimini 2022-yilda rivojlantirish dasturini tasdiqlash, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida, jumladan Urganch davlat universitetida 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2022-yildagi ustuvor vazifalar, viloyatda yangi ish o‘rinlarini yaratish ishlari samaradorligi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, 2022-yilning 1-yarmida sektorlar hududini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan muhim vazifalar kabi qator masalalar kiritildi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitilib, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

urdu.uz, Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari qirq to‘rtinchi sessiyasida

Ulashish