Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ishchi guruh Xorazm viloyatidagi taʼlim sifatini oʻrgandi


Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Taʼlim inspeksiyasining galdagi manzili koʻhna Xorazm diyorida joylashgan oliygohlar boʻldi. Bugungi kunda hududda  jami 7 ta oliy ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda va ularda 36 mingdan ortiq  talabalar tahsil olmoqda. Ishchi guruh ularda yaratilgan sharoitlar, taʼlim sifatining holatini kompleks oʻrganib, natijasi tahliliy muhokama qildi. 

Yigʻilishda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov, Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi U.Toshkenboyev, Xorazm viloyat hokimining oʻrinbosari  S.Salayev hamda  hududdagi oliy taʼlim muassasalari va xalq taʼlim vakillari ishtirok etdilar.  

Yigʻilishda viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari, texnikumlar,  umumtaʼlim maktablari faoliyati boʻyicha tanqidiy-tahliliy oʻrganish natijalari atroflicha muhokama qilindi. 
Viloyat oliy ta’lim muassasalari qo‘shma ishchi guruh tomonidan o‘rganilganda ta’lim sifatini oshirish va professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini yaxshilash borasida bir qator kamchiliklar va muammolar borligi aniqlandi.

Tadbir davomida taʼlim sifatini oshirishga toʻsqinlik qilayotgan ana shu  muammolarni aniqlash hamda sifat va samaradorlik koʻrsatkichlarini oshirishga qaratilgan  “Yoʻl xarita”si ishlab chiqib,  aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tegishli vazifalar berildi

urdu.uz, Ishchi guruh Xorazm viloyatidagi taʼlim sifatini oʻrgandi

urdu.uz, Ishchi guruh Xorazm viloyatidagi taʼlim sifatini oʻrgandi

urdu.uz, Ishchi guruh Xorazm viloyatidagi taʼlim sifatini oʻrgandi

urdu.uz, Ishchi guruh Xorazm viloyatidagi taʼlim sifatini oʻrgandi

urdu.uz, Ishchi guruh Xorazm viloyatidagi taʼlim sifatini oʻrgandi

Ulashish